Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmaniston parlamenti saylovlarida 258 nomzod ishtirok etadi
10:07 / 2023-03-01

Turkmaniston Majlisi (parlamenti)ga saylovlarda ishtirok etish uchun 258 nafar nomzod ro‘yxatga olindi. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi xabar berdi.

Respublika bo‘yicha jami 14 ming 872 nafar nomzod ko‘rsatilgan va ro‘yxatga olingan. Ulardan 258 nafari parlament deputatligi, 515 – viloyatlar va Ashxobod shahri xalq maslahati, 2001 – tuman va shahar xalq maslahati, 12 ming 98 nafar nomzod mahalliy kengashlar deputatligi uchun siyosiy bahs olib boradilar.

Parlamentga jami 125 deputat saylanishi kerak. Ovoz berish uchun 2644 ta saylov uchastkasi tashkil etiladi.  

Parlament saylovlari 26 martga belgilangan.  

21 yanvarda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov parlament yuqori palatasini bekor qilib, bir palatali Xalq kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qonunlarini imzolagan edi.

 

O‘zA