Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkmaniston energiya zaxiralarini yetkazib berishni oshirishga hamda tranzit yo‘nalishlarini kengaytirishga tayyor
12:12 / 2022-07-22

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ashxobod energozaxiralarini yetkazib berishni oshirishga va mahsulotlarni tashish yo‘llarini kengaytirishga tayyor, deb bayonot berdi.

Payshanba kuni Turkmaniston televideniyesi davlat rahbarining Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvidagi chiqishini namoyish qildi. Unda Berdimuhamedov Turkmaniston energetika bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish va kengaytirish kerakligini ta’kidlagan, shuningdek, u mintaqa mamlakatlari aktivida amalga oshirilgan yirik energetika loyihasi mavjudligini eslatib, Turkmaniston – O‘zbekiston – Qozog‘iston – Xitoy gaz quvurini misol keltirgan.   

"Hamkorlarimiz bilan energiya mahsulotlarini yetkazib berish hajmini sezilarli ravishda oshirishga  va mahsulot yetkazib birish yo‘nalishlarini kengaytirishga tayyormiz", – deya ta’kidlagan Turkmaniston davlati rahbari.  

Turkmaniston tabiiy gaz zaxirasi bo‘yicha Rossiya, Eron va Qatar bilan bir safda dunyoning birinchi to‘rtligiga kiradi. Mamlakat shuningdek, Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berishda ham yetakchi hisoblanadi.