Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv
13:19 / 2021-04-23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston inqirozini hal qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Turkiya sa’y-harakatlari, Afg‘onistonda turli loyihalarni birgalikda amalga oshirishda o‘zbek-turk o‘zaro hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Turkiya tomoni Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatishda faol hissa qo‘shishga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, tomonlar xalqaro hamjamiyatning afg‘onlararo muzokaralar jarayonini ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida atroflicha fikr almashdi.