Turkiyaning Otaturk universiteti SamDU bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Bugun Turkiyaning Otaturk universiteti rektori, professor O‘mer Cho‘mekli boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.
SamDU rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov martabali mehmonlar bilan ushrashuv o‘tkazib, muassasa faoliyati xususida atroflicha ma’lumot bergan.

Tomonlar ikki muassasa faoliyatiga qaratilgan ta’lim tuzilmalari, jumladan, o‘qitish metodikasi, oliygohlardagi imkoniyatlarni muhokama qilishdi. Delegatsiya vakillari Otaturk bilim yurtidagi izchil harakatlarga alohida to‘xtaldi.


Muloqot chog‘ida, shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya ta’lim islohotlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr yuritildi. Yakunda professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi, shu jumladan, ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
B. Xudoyberdiyev, O‘zA