Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyaning “MUSAID” mustaqil sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi prezidenti O‘zbekistonda
14:50 / 2019-09-27

Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari delegatsiyasi rahbari, “MUSAID” mustaqil sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi prezidenti Abdurahmon Kaan boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga keldi.


Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari delegatsiyasi rahbari, “MUSAID” mustaqil sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi prezidenti Abdurahmon Kaan boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga keldi.

Tashrif doirasida bugun, 27 sentabr kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turkiya qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ilg‘or davlatlardan sanaladi. Hozirgi kunda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mas’ulligida ushbu davlat bilan hamkorlikda umumiy qiymati 16,5 million AQSh dollari miqdoridagi qurilish materiallari uchun kimyoviy qo‘shimchalar va truba-fitinglar ishlab chiqarish bo‘yicha 2 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Tadbirda ikki tomonlama ishonchli aloqalarni yanada rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Mamlakatimizda yangi turdagi mahsulotlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, o‘zaro tajriba almashish, qurilish materiallari do‘konlari tarmog‘ini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sohaga xorijiy investorlarni keng jalb qilish bo‘yicha fikr almashildi.

Muloqot so‘nggida o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, kelgusida hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.