Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyaning eksport hajmi 2021 yilda rekord darajaga chiqdi
18:40 / 2022-01-04

Turkiyada 2021 yil davomida umumiy eksport miqdori 225,36 milliard dollarni tashkil etdi. Ayni ko‘rsatkich respublika uchun mutlaq rekord hisoblanadi. Bu haqda dushanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“2021 yil eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 32,9 foiz oshib, 225,36 milliard dollarni tashkil etdi. Bu rekord ko‘rsatkich”, — dedi prezident Istanbulda. Eshittirish davlat rahbarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali olib borildi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tashqi savdosi qiymati 2002 yildagi 87,6 milliard dollardan 2021 yilda 496,7 milliard dollarga yetdi”. Tashqi savdo taqchilligi o‘tgan yilga nisbatan 7,8 foiz kamayib, 45,9 milliard dollarni tashkil etgan. Eksportning importga nisbati esa 83,1 foiz ko‘tarilgan.
Bundan tashqari mamlakat prezidenti “Turkiya birinchi marta inqirozni boshqaradigan, hatto, bunday vaziyatni imkoniyatga aylantiradigan, salbiy ta’siran egilmaydigan davlatga aylangani”ni ham ta’kidlagan.