Turkiyaning Derinje portida yuz bergan portlashdan kemalar ziyon ko‘rmagan
Turkiyaning Derinje portida yuz bergan portlashdan kemalar zarar ko‘rmagan, deb xabar tarqatdi RIA Novosti Turkiya sohil qo‘riqchi xizmati vakiliga tayanib.
“Portlashdan keyin kemalar uchun salbiy vaziyat qayd etilmadi, ehtiyotkorlik yuzasidan voqea joyiga sohil qo‘riqchilari qayiqlari jo‘natildi”, – degan u.
Marinetraffic portali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, portlash yuz berganda portda bir nechta kema, jumladan, tankerlar, yuk kemalari, avtomobil tashiydigan kemalar bo‘lgan, Ukraina kemalari ko‘rinmagan.
Voqea dushanba kuni don yuklash bo‘limida sodir bo‘lgan. Halokatga don to‘zoni sabab bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.