Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyaning Bursa shahrida Rauf Parfi she’riyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
14:28 / 2022-10-15

13-17 oktyabr kunlari Turkiyaning Bursa va Ko‘nyo shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan 15-Turkiy uluslar she’r bayrami dasturiga asosan Rauf Parfi she’r kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan Turkiya Yozuvchilar birligi Faxriy raisi, taniqli yozuvchi Mehmet Dog‘an, O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron Rauf Parfi nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki turkiy xalqlar she’riyatining zabardast vakillaridan biri ekanini ta’kidlashdi.

Turkiy uluslar she’r bayrami 1992 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.  

Bu yilgi anjumanda o‘zbekistonlik ijodkorlar  – Xurshid Davron, Zebo Mirzo va Shuhrat Orif ishtirok etmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Yozuvchilar  uyushmasi Axborot xizmati.  

 O‘zA