Turkiyaning barcha vazirlari parlament saylovlarida qatnashadi
Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an hukumatning barcha vazirlari 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida ishtirok etishlarini ma’lum qildi. “NTV” telekanali uning so‘zlaridan iqtibos keltirib, “o‘sha kuni o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida ham g‘alaba qozonishiga shubha qilmasligini” qayd etdi.
“Barcha do‘stlarimizga u yoki bu viloyatlardagi saylovlarda o‘z nomzodlarini qo‘yish huquqni berdik. Vazirlar Mahkamasining barcha 17 a’zosi nomzod bo‘ladi, hatto vitse-prezident Fuat Oktay ham parlament deputatligiga nomzodini qo‘yadi”, dedi Erdog‘an.
“14 may kungi saylovlarda Respublikachilar alyansi (hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi va Milliy harakat partiyasi) g‘alaba qozonishiga aslo shubha bo‘lmasligi kerak”, deb qo‘shimcha qilgan davlat yetakchisi.
Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida Erdog‘anga bosh muxolifat partiya yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li raqib bo‘ladi.
Shuningdek, mutaxassislar saylovlar ikki turda o‘tishini istisno qilmayaptilar.
O‘zA