English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyaning "AnadoluJet" aviakompaniyasi tomonidan Anqara – Toshkent– Anqara yo‘nalishlarida parvozlar amalga oshirilmoqda
12:25 / 2023-05-10

2023 yilning 17 aprelidan e’tiboran "AnadoluJet" aviakompaniyasi Turkiya poytaxti Anqaradan poytaxtimiz Toshkent shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi.

Turk havo yo‘llari va "AnadoluJet" bo‘yicha chipta narxlari qiyoslanganda "AnadoluJet"da Toshkent – Anqara yo‘nalishi uchun chiptalar qiymati bugungi kunda 2,4 million so‘mni tashkil etsa, Anqara – Toshkent yo‘nalishi uchun 1,7 million so‘m etib belgilangan. Ushbu yo‘nalishdagi yo‘nalishlar haftada bir marta – dushanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.  

Turk havo yo‘llarida esa ko‘rsatkichlar biroz yuqori bo‘lib, unda Toshkent – Istanbul yo‘nalishi uchun bugungi kundagi chipta narxlari 2,8 million so‘mdan boshlansa, Istanbul – Toshkent reyslari uchun 4,7 million so‘mni tashkil etmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida, "AnadoluJet" bosh qarorgohi Anqarada joylashgan. U Turk havo yo‘llarining qo‘shimcha tarmog‘i bo‘lib, ekonom klass yo‘lovchilari uchun imtiyozli narxdagi parvozlar va sifatli xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Aviakompaniya parkida 77 ta samolyot mavjud bo‘lib, ular 89 ta yo‘nalishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.  

 

M.Qosimova,  

O‘zA