English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyaning Anado‘lu axborot agentligida O‘zbekiston va Afg‘oniston muzokaralariga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi
14:59 / 2021-07-16

"Toshkentda O‘zbekiston va Afg‘oniston rahbarlari muzokara o‘tkazdi", deb nom berilgan mazkur maqolada mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqilgani aytiladi.

Maqolada O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi yirik xalqaro anjuman doirasidagi muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash sohasidagi hamkorlikning istiqbollari ko‘rib chiqilgani haqida axborot bergani ta’kidlangan.

Ikki mamlakat rahbarlari afg‘on mojorosini harbiy yo‘l bilan hal etish mushkulligini ta’kidlab, inklyuziv afg‘onlararo muzokaralar tez fursatda qayta tiklanishining tarafdori ekanliklarini ma’lum qilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishilishiga faol ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi, deyiladi xabarda.

Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etar ekan, pandemiyaga qaramay, joriy yilning besh oyi yakunlari bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga ortganini ta’kidlagan.

Ayni paytda O‘zbekistonda Afg‘oniston sarmoyasi ishtirokida 160 ta yangi korxona tashkil etilgan.

Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash barobarida Afg‘onistonning tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma transport va energetika infratuzilmasi loyihalarini, xususan, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temir yo‘li va yangi “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini barpo etish loyihalarini kelgusida ham davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Prezidentlar ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasida qat’iy ekanliklarini qayd etdilar.