Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyaning Alaniya shahrida o‘zbek adibining kitobi taqdimoti o‘tkazildi
14:57 / 2023-08-10

Turkiyaning nufuzli nashriyotlaridan biri “Baygenç Yayıncılığı”da taniqli jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmani a’zosi, shoir Olimjon O‘sarovning “Aşktan Bir Dünya Kuracağim” (“Muhabbatdan Vatan quraman”) nomli she’rlar to‘plami turk tilida nashr qilingan edi.

Yaqinda Turkiyaning Alaniya shahrida ushbu kitobning taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari taniqli shoirlar va yozuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirni Alaniya hokimi o‘rinbosari, yozuvchi Abdulla Akbash va Jurnalistlar jamiyati prezidenti Ferit Kesen kirish so‘zi bilan ochdi.  

“Baygenç Yayıncılığı” nashriyoti direktori Arslan Bayir kitobdan shoirning Vatan, istiqlol, muhabbat mavzuidagi eng sara she’rlari o‘rin olganligini va kitob 10000 nusxada chop etilganini ta’kidladi.  

Tadbirda so‘zga chiqqan Turkiya Tabiat turizmi uyushmasi prezidenti Shafak Kuru kitobdan o‘rin olgan she’rlar orqali O‘zbekistonning betakror tabiati, go‘zal kentlari, tarixiy obidalari ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lgani va beixtiyor ota yurt sog‘inchini his etgani, o‘quvchini bu jannatmonand zaminga sayohatga chorlayotgandek tasavvur uyg‘otganini qayd etdi.  

Shuningdek, taqdimotda tarixchi O‘guz Korum, yozuvchilar va shoirlar – Ahmet Olgun, Zelixa Bashar Oner, Ayshegul Bilir O‘ruju, Garip Gorgulu, Ugur Sarigul kitob haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Ushbu kitob taqdimot turk matbuotida, xususan, “Gündem Alanya” sayti va “Ankhaber” gazetasida keng yoritildi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Alaniya shahri Turkiyaning O‘rta yer dengizi sohilidagi mashhur turistik markaz hisoblanadi va yoz faslining bu davrida ko‘plab shoir va yozuvchilar aynan Alaniyada ijodiy ta’tilda bo‘lishadi.  

 

O‘zA