Turkiya Respublikasi xavfsizlik kuchlari tomonidan joriy etilgan navbatdagi amaliyot mamlakatda faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (KIP)ga qaratilgan bo‘lib, hozirgacha 90 nafar gumondor hibsga olindi, deb yozdi hukumatga qarashli “Yeni Şafak” gazetasi.
“Milliy razvedka tashkiloti hamda xavfsizlik kuchlari mamlakatning 18 viloyati va Shonliurfa markazida KIP terror tashkilotiga qarshi “Uxlayotgan hujayra” amaliyotini boshladi. Ayni payt amaliyot doirasida 90 dan ziyod gumonlangan shaxs qo‘lga olindi”, - deb yozdi nashr.
O‘tgan yakshanba Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erliqoya Anqara markazida joylashgan vazirlik binosi qarshisida quporuvchilik sodir etishga urinish kuzatilganini ma’lum qilgan edi. Bir terrorchi o‘zini o‘zi portlatgan, yana biri harbiylar tomonidan zararsizlantirilgan. Otishma chog‘i ikki nafar politsiya xodimi yengil jarohat olgan. “A Haber” telekanali xabar berishicha, qo‘poruvchilik uchun javobgarlikni KIP o‘z zimmasiga olgan. Ushbu voqeadan keyin Milliy mudofaa vazirligi Iroq shimolida joylashgan KIP ob’ektlariga havodan zarba berilgani haqida xabar tarqatildi.