Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyalik zargarlar Xorazmda
19:14 / 2021-03-17

Xorazm viloyat hokimi Farxod Ermanov Turkiyaning “Sure Kuyumcilik” zargarlik kompaniyasi ta’sischilarini qabul qildi.

Sohada 35 yildan buyon faoliyat olib borayotgan ushbu kompaniya Quvayt, Dubay va Qatarda zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Viloyat hokimi chet ellik investorlarga mamlakatimizda zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, xususan, sohaga berilgan soliq va bojxona imtiyozlari, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorda elektron tijorat usulida sotish, asllik darajasini belgilovchi tamg‘alash huquqi ishlab chiqaruvchilarning o‘ziga berilganligi va boshqa qulayliklar haqida gapirib berdi.

Turkiyalik sarmoyadorlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA