Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyalik professor Namanganda ko‘rik o‘tkazdi
14:57 / 2025-11-26

Mamlakatimizda “Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun” tamoyili asosida aholi salomatligini muhofaza qilish, turli xil kasalliklarning oldini olishga qaratilgan bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va “Medipol global” xalqaro kompaniyasi kelishuvi asosida dunyoning yetakchi bolalar gematolog-onkologlaridan biri turkiyalik professor Didem Atay Namanganga keldi. 

Bolalarda suyak kasalliklari, leykomiya, limfoma, neyroblostoma, miya va suyak shishi kabi xastaliklarning yuqori malakali shifokori sifatida tanilgan tajribali shifokor shifoxonada bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. 

– Qizim Madinaga chap o‘rta quloq sohasi embrional rabdomiosarkomasi tashxis qo‘yilgan. Didem Atay kasallikni davolash bo‘yicha qimmatli yo‘l-yo‘riqlar berdi. Bundan behad minnatdormiz, – deydi bemorning onasi Shirin Ibrohimova. 

Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi borasida izlanayotgan mahalliy mutaxassislar uchun tibbiyotchi olima Didem Atay tajribasi bilan tanishish mahoratni o‘stirishda g‘oyat qo‘l kelmoqda. Oliy toifali mutaxassis Zarifjon Mirzarahimovning qayd etishicha, yurtimizda tibbiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuning barobarida rivojlangan davlatlardagi tibbiyot yutuqlarini o‘rganish, qo‘llash uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani tahsinga sazovor. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.