Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida turkiyalik ishbilarmon tomonidan yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda Turkiyadan kelgan 30 dan ziyod tadbirkor o‘z korxonasida ishlab chiqarilgan ayollar, bolalar va erkaklar kiyimlarini namoyish etmoqda.
Ko‘rgazmada turli xil sifatli mahsulotlarni ko‘rish, xarid qilish mumkin. Tijoratchilar esa shu yerning o‘zida xorijlik hamkasblari bilan tanishib, hamkorlik o‘rnatishi, shartnoma tuzoishi mumkin.
[gallery-27164]
B2B formatidagi muloqot uchun qulay sharoit yaratilgani ham ishtirokchilar uchun ayni muddao.
Bu yil ilk bor tashkil etilgan ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida izchil aloqani yo‘lga qo‘yish, o‘zaro savdo ko‘lamini kengaytirishdir.
– Korxonamizda 750 xil mahsulot ishlab chiqariladi, – deydi “Lady Lingerie” fabrikasi bosh menejeri Sezay Dog‘du. – Tovarlarimizga yurtingizda talab ortmoqda. Bugun ko‘plab mahalliy tijoratchilar bilan kelishib oldik. Men poytaxtdan tashqari mamlakatingizning Samarqand, Andijon kabi yirik shaharlarida ham bo‘lib, ichki bozorni o‘rgandim. O‘zbekistonda fabrikamiz filialini ochish rejamiz bor.
Go‘zal Sattorova, O‘ktam Hayitov (surat), O‘zA