Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyalik investorlar bilan hamkorlik rivojlanmoqda
10:09 / 2024-06-01

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Turkiyaning Kyutaxiya viloyati Savdo-sanoat palatasi raisi Esin Gyural Argat boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Unda kelgusida kaolinni qayta ishlash, keramika, chinni va shisha mahsulotlari tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Turkiya tomoni Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari va Angren shahrida turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘p imkoniyatlar borligiga qiziqdi. Ushbu hududlarda turizm loyihalarini joylashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Toshkent viloyati va Turkiyaning bir qator viloyatlari, yirik kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorliklar natijasida  o‘tgan yili savdo aylanmasi 186,2 million dollarni tashkil etdi. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida viloyatdagi 40 ta korxona tomonidan 53,9 million dollarlik mahsulotlar Turkiyaga eksport qilindi. Eksport tovarlari tarkibida kabel o‘tkazgich, gazlama va ip-kalava, charm mahsulotlari yetakchi o‘rin egallaydi.  

Turkiya kapitali ishtirokida bugungi kunda viloyatda 325 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muloqot davomida tomonlar kelgusidagi rejalarni ko‘rib chiqdi.  

A.Musayev, O‘zA muxbiri