Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyadagi zilzilada O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagan
14:36 / 2019-09-27

Bu haqda mamlakatimizning Istanbuldagi bosh konsulligi xabar berdi, deyiladi “Dunyo“ axborot agentligi xabarida.


Bu haqda mamlakatimizning Istanbuldagi bosh konsulligi xabar berdi, deyiladi “Dunyo“ axborot agentligi xabarida.

Istanbul shahrida 26 sentabr kuni zilzila sodir bo‘ldi. 5,8 ballik tabiiy ofat mahalliy vaqt bilan 13:59 da (Toshkent vaqti bilan 15:59) sodir bo‘lgan.

Turkiya favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi ma’lumotida keltirilishicha, zilzila epitsentri sifatida Istanbul shahri Silvi tumani janubidagi Marmara dengizi markazi qayd etilgan. Dengiz sathidan 6,99 km chuqurlikda qayd etilgan zilzila bir soat mobaynida taxminan 30 bor takrorlangan.

Rasmiy manbalarga ko‘ra, zilzila natijasida sakkiz kishi yengil jarohat olgan. Shaharning ayrim binolariga zarar yetgan. Jumladan, Avjilar tumanidagi masjid minorasining yuqori qismi vayron bo‘lgan.