Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyadagi prezidentlik saylovlarida Erdog‘an g‘alaba qozondi
09:16 / 2023-05-29

Turkiyaning amaldagi rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakatdagi prezidentlik saylovlarida g‘olib, deb e’lon qilindi. Bu haqda 28 may yakshanba kuni oqshomida Markaziy saylov komissiyasi raisi Ahmet Yener ma’lum qildi.

Saylov byulletenlarining 99,85 foizi qayta ishlangandan so‘ng  Erdog‘an saylovning ikkinchi bosqichida 52,16 foiz ovoz to‘pladi. Muxolifat nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li 47,84 ovoz oldi. 

Muxolifat agentligiga yaqin “Anka” agentligi ham bu ma’lumotlarni tasdiqladi. 

Erdog‘an Istanbulda tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida “prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichini xalqimizning xayrixohligi bilan yakunladik. Bizga demokratiya bayramini taqdim etgani uchun xalqimga minnatdorlik bildiraman”, degan. 

“Kelgusi besh yil davomida davlatni boshqarish mas’uliyatini bizga yana bir bor ishonib topshirgan xalqimizning barcha vakillariga o‘zlari tanlagan tanlovlari uchun rahmat”, deb qo‘shimcha qilgan u.

Qilichdoro‘g‘li ham bilvosita mag‘lubiyatini tan oldi va mamlakatning bundan keyin katta muammolarga duch kelishi to‘g‘risidagi xavotirini bildirdi. Saylovdan keyingi birinchi nutqida u demokratiya uchun kurashni davom ettirishini aytdi. 

Birinchi turda 69 yoshli Erdog‘an g‘alaba qozonishi uchun yetarli ovoz to‘play olmagandi, u saylovchilarning 49,5 foiz, 74 yoshli Qilichdoro‘g‘li esa 44,9 ovoz olgan edi. O‘ta millatchi qarashlar nomzodi Sinan Ogan besh foiz bilan uchinchi o‘rinni egallagandi. 

Qilichdoro‘g‘li saylovchilarni Erdog‘anning 20 yillik “avtoritar boshqaruvi”ga barham berishga chaqirdi. 

Erdog‘an 2003 yildan beri Turkiyani boshqarib keladi. 2014 yilga qadar u Bosh vazir, keyingi yillarda prezident lavozimlarida ishlab kelmoqda.

O‘zA