Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari o‘chirildi
Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pekdemirli mamlakatda o‘rmon yong‘inlari to‘liq bartaraf etilganini Twitter orqali ma’lum qildi.
– Mamlakatimizdagi barcha o‘rmon yong‘inlari o‘chirildi, – deyiladi vazirning Twitterdagi sahifasida.
Xabarda aytilishicha, 28 iyulda yirik o‘rmon yong‘inlari boshlanganidan beri Turkiyaning 54 viloyatida 299 ta yong‘in o‘chog‘i aniqlangan va o‘chirilgan.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko‘ja avvalroq o‘rmon yong‘inlarida 860 nafardan ortiq kishi qurbon bo‘lganini ma’lum qilgan edi.