Turkiyada zilziladan keyin 340 dan ziyod kishi qamoqqa olingan
Turkiyada yuz bergan halokatli zilziladan keyin vayronalar hududida talonchilik qilganlikda hamda bino qurilishi qoidalarini buzganlikda ayblanib, qamoqqa olinganlar soni 340 kishidan oshdi, deb xabar tarqatdi TRT telekanali.
Telekanal bergan ma’lumotda keltirilishicha, Bosh prokuratura tomonidan 11 ta viloyatda olib borilgan tekshiruvlar natijasida jami 564 kishi zilzila oqibatida vayron bo‘lgan binolarning qurilishi talablariga amal qilmaganlikda gumonlangan. Ularning kamida 160 nafari qamoqqa olingan, qolganlari qidirilmoqda.
Tergov harakatlari doirasida 282 kishining vayronalar hududida talonchilik qilgani aniqlangan, ularning 181 nafari hibsga olingan.