Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada zilziladan keyin 300 dan ziyod kishi hibsga olingan
17:16 / 2023-03-24

Ular fevral oyida Turkiyaning janubi-sharqida yuz bergan zilzila oqibatida binolarning vayron bo‘lishiga sababchi sifatida qamoqqa olingan, dedi Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an chorshanba kuni.

“Kamchiliklarga yo‘l qo‘yishi va uylarning qulashi sababli 1 ming 364 kishiga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda. 302 kishi qamoqqa olingan, 312 kishiga qamoqqa olish uchun order berilgan, ularning to‘rt nafari mamlakat tashqarisida yuribdi”, – dedi Erdog‘an NTV telekanaliga bergan intervyusida. 

Gumonlanganlardan  64 tasi zilziladan keyin vafot etdi, deya ta’kidlagan Prezident.  

Erdog‘anning aytishicha, ushlanganlarning 106 nafari buyurtmachi hisoblanadi, 18 tasi  bino tuzilmasiga o‘zgartirish kiritgan.  

Uning ta’kidlashicha, vayron bo‘lgan binolarning barchasi 1999 yildan avval, ya’ni seysmobarqaror binolar qurish tartiblari qabul qilingunga qadar qurilgan.  

Turkiyada 1999 yilda 18 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgan halokatli zilzila ro‘y bergan edi. Shundan keyin turar joy qurilishlarini tartibga soluvchi qoidalar qayta ko‘rib chiqildi. Xususan, 2007 yilda uylarni zilziladan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan talablardan kelib chiqib binolar qurilishi kodeksi qabul qilingan.