Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada zilzila qurbonlari 50 ming 399 kishiga yetdi
13:40 / 2023-04-05

Fevral oyida Turkiyaning janubi-sharqiy qismida yuz bergan halokatli zilzila natijasida halok bo‘lganlar soni 50 ming 399 kishiga yetdi, deb xabar tarqatdi CNN Türk telekanali mamlakat IIV rahbari Sulaymon Soylining bergan ma’lumotiga tayanib.

7,7 va 7,6 magnitudali zilzila 6 fevral kuni Qahramonmarash provinsiyasida yuz bergan edi. Yer silkinishi mamlakatning yana 11 ta provinsiyasida hamda qo‘shni mamlakat Suriyada kuchli bo‘ldi. Turkiya hukumati ushbu tabiiy ofatni “asr halokati”, deb atadi.

“Halok bo‘lganlar 50 ming 399 kishini tashkil etdi. Qurbonlarni aniqlash jarayoni davom etmoqda, raqamlar yana o‘zgarishi mumkin”, – deya keltiradi telekanal IIV rahbarining so‘zlarini.

Turkiyada yuz bergan vayronkor zilzila kuchi Suriyaning bir nechta provinsiyalarida hamda Livan, Iroq, Isroil, Gruziya va Abxaziyada ham sezilgan.