French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada zilzila oqibatida qurbonlar soni ortib bormoqda
09:18 / 2023-02-09

Turkiya favqulodda vaziyatlar departamentining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat janubiy-sharqidagi zilzila qurbonlari soni 12 ming 391 kishiga yetdi.

Zilziladan keyin 70 soat o‘tgach, ofat mintaqasidagi vayronalar orasidan 7 yoshli bola sog‘-salomat olib chiqildi. Shuningdek, 72 soatdan keyin ikki kishi va 73 soatdan keyin bir kishi qutqarildi.

AQSH Prezidenti Jo Bayden Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon muloqotida “ushbu fojiadan jabrlanganlar bilan birgaman”, dedi u.

Bayden qidiruv-qutqaruv ishlarida to‘liq yordam berishga tayyorligini bayon qildi. “Biz Turkiya va Suriya xalqini og‘ir kunlarda qo‘llab-quvvatlash ishida qat’iy sodiq ekanimizni bildiramiz”, deb qo‘shimcha qildi yetakchi.

Erdog‘anning bayonotiga ko‘ra, 60dan ortiq xorijiy davlatlar Turkiyani quvvatlashayapti, ularning aksariyati qidiruv-qutqaruv ishida qatnashishmoqda. Prezident birinchi bo‘lib yordamga shoshilgan Ozarbayjon, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar, Kuvayt va O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi. 

O‘zA