French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada zilzila natijasida halok bo‘lganlar soni 912 kishiga yetdi
15:40 / 2023-02-06

Zilzila natijasida 912 kishi qurbon bo‘lgan, 5 ming 385 kishi jarohat olgan, dedi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an qutqaruv ishlarini muvofiqlashtiruvchi markazda so‘zga chiqib.

"Ayni damda 912 kishi halok bo‘lgan, 5 ming 385 kishi jarohat olgan. 2 ming 470 kishi qutqarib olingan", – degan u. Prezidentning ta’kidlashicha, tabiiy halokat tufayli 2 ming 818 ta bino qulab tushgan.   

Erdog‘anning ta’kidlashicha, Turkiyada 1939 yildan buyon bu qadar kuchli zilzila kuzatilmagan. Uning aytishicha, mazkur yer silkinishi 1939 yildan buyon eng kuchlisi bo‘lib, uning kuchi 7,7 magnitudani tashkil etgan.