Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada zafar quchgan matonat sohiblari taqdirlandi
18:25 / 2022-02-02

Yurtimizda boshqa sport turlari qatorida para sport turlari bo‘yicha munosib natijalarga erishib kelayotgan imkoniyati cheklangan irodali sportchilar ham doimo qo‘llab-quvvatlanadi.

Bugun, 2 fevral kuni Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar sport jamiyati tomonidan o‘tgan yili Turkiyaning Antaliya shahrida 100 katakli shashka bo‘yicha ko‘rish qobiliyati zaif insonlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida 7 ta oltin, 10 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan sportchi va murabbiylar munosib taqdirlandi.

– Davlatimizning imkoniyati cheklangan insonlarga ko‘rsatayotgan e’tibori natijasida xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqdamiz, Ushbu rag‘bat bizni yangi g‘alabalar sari ruhlantiradi, – dedi terma jamoa bosh murabbiyi Sunnat Xolliyev.

O‘zA