Turkiyada yuz bergan suv toshqinlarida besh kishi halok bo‘ldi
Turkiyaning Shonliurfa va Adiyaman viloyatida kuchli suv toshqinlari ro‘y bermoqda. Hozirgacha besh kishi ofat qurboniga aylandi, bedarak ketganlar ham bor, deb xabar tarqatdi Tvnet telekanali.
Turkiyaning Shonliurfa viloyatida qattiq jala oqibatida yuz bergan suv toshqinlari kasalxonani yuvib ketgan, maktablarda darslar to‘xtatilgan, deb xabar bergandi avvalroq Habertürk telekanali.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha suv toshqinlarida besh kishi halok bo‘lgan.
Shonliurfa munitsipaliteti meri Zeynal Abidin Biyozgulning ma’lum qilishicha, “bedarak ketganlar haqida xabarlar bor, lekin ularni hozircha tasdiqlab bo‘lmayapti”.