Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada yirik oltin koni topildi
19:56 / 2021-06-10

Turkiyaning sharqida qiymati 1,2 milliard dollarga baholanayotgan yirik oltin koni aniqlandi, deb bayonot berdi mamlakat sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafa Varank.

"Biz Mo‘llaqora qishlog‘i atrofida joylashgan Koza Altin kompaniyasi shaxtasida qiymati 1,2 milliard dollarga teng oltin zaxirasini topdik. U yerda 20 tonnagacha oltin bor. Shuningdek, mazkur kondan qiymati 2,8 million dollarlik 3,5 tonna kumush ham olish mumkin", — dedi vazir shaxtaning ochilish marosimida so‘zga chiqib. Mazkur qishloq Turkiyaning sharqida Agra viloyatida joylashgan.

Varankning ta’kidlashicha, so‘nggi 10 yilda mamlakatda oltin qazib olishga jalb qilingan investitsiya darajasi 25 foizga oshgan. 2020 yilda mamlakat bo‘yicha 18 ta kondan jami 42 tonna oltin qazib olingan.

Vazirning aytishicha, bu yil Turkiyada oltin qazib olish hajmi 45 tonnaga yetkaziladi. Yaqin besh yilda esa ushbu ko‘rsatkichni 100 tonnaga oshirish maqsad qilingan.