Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada vatandoshlar uchun huquqiy maslahatlar
19:21 / 2026-03-03

Bugun O‘zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaga tashrif buyurdi va Istanbulda  istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida tashkil etildi.
Muloqot davomida vatandoshlarga yurtimizda notariat sohasida amalga oshirilayotgan so‘ngi islohotlar va yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Aynan onlayn tarzda videokonferensaloqa orqali aksariyat notarial harakatlarni bajarish imkoniyati yaratilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ishtirokchilarga arizalar, ishonchnomalar, shartnomalar va merosga oid notarial harakatlarni rasmiylashtirish hamda chet elda rasmiylashtirilgan notarial hujjatlarni O‘zbekistonda tan olinishi bo‘yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida vatandoshlarning savollari atroflicha ko‘rib chiqildi va barchasiga huquqiy tushuntirishlar berildi.

O‘zA