Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada V etnosport madaniyat festivali boshlandi
16:57 / 2022-06-09

Xabaringiz bor, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi.

Qaror bilan etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi hamda ushbu dasturni 2022-2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. 

Etnosport turlarini mamlakatimizda yanada rivojlantirishga qaratilgan ushbu qaror milliy qadriyatlarimiz taraqqiyotida oldinga tashlangan muhim qadam bo‘ldi. 

Ta’kidlash joiz, turkiy tilli davlatlar orasida etnosport turlariga qiziqish va e’tibor juda yuqori. So‘zimizning tasdig‘i sifatida bugun Turkiyaning Istanbul shahrida V  etnosport madaniyat festivali tantanali ochilganligini aytib o‘tish mumkin. 

Mazkur nufuzli tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov ham ishtirok etdi. 

V etnosport madaniyat festivalida dunyoning 26 davlati vakillari o‘z mahoratlarini namoyish etadi. 

Festival doirasida vazir A.Ikromov Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi janob Najmiddin Bilol Erdo‘g‘on hamda yana bir qator yuqori martabali mehmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. 

O.ESHMAMATOV, O‘zA