English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada Shvetsiya konsulxonasiga hujum uyushtirildi
09:45 / 2023-08-02

Turkiya g‘arbidagi Izmir shahrida joylashgan Shvetsiya konsulxonasiga noma’lum shaxs hujum qildi, bir diplomat jarohatlandi. Bu haqda “Mynet” axborot portaliga yozgan.

Suriya fuqarosi viza olish bilan bog‘liq muammo tufayli amalga oshirgan qurolli hujum natijasida muassasada ishlaydigan Turkiya fuqarosi tan jarohati olgan.

So‘nggi oylarda Turkiya va Shvetsiya o‘rtasidagi munosabat Stokgolmda muslimlarning muqaddas kitobi nusxasi yoqilishi silsilasida keskinlashdi. Turkiya hukumati Yevropa mamlakatlarida, xususan, Daniya va Shvetsiyada Qur’oni Karimni tahqirlash harakatiga o‘ta keskin munosabat bildirmoqda.

30 iyul kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan shved hamkasbi Tobias Billstryom bilan telefon orqali muloqotda Anqara Stokgolmdan musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Qur’onni tahqirlashga qaratilgan harakatlarning oldini olish bo‘yicha aniq qadamlar kutishini aytgan.