Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada sayyohlar uchun xavfsizlik soligʻi joriy etiladi
17:44 / 2018-12-28

Mamlakat hukumati 2019 yilning 1 yanvaridan eʼtiboran mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun xavfsizlik soligʻini joriy etdi.


Mamlakat hukumati 2019 yilning 1 yanvaridan eʼtiboran mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun xavfsizlik soligʻini joriy etdi. Bu haqda Turkiyaning “Anadolu“ axborot agentligi maʼlumotiga asoslanib BelTA xabar tarqatmoqda.

Yangi tartibga koʻra, sayyohlar xavfsizlik soligʻi toʻlovini Turkiyaga yetib kelgandan soʻng, aeroportning oʻzida amalga oshiradilar.

Ushbu soliq miqdori dastavval 3 yevro deb belgilangan edi. Biroq sayyohlik tashkilotlarining murojaatidan soʻng, bu toʻlov ikki barobar kamaytirilib, 1,5 yevrogacha tushirildi.

Mamlakat sayyohlik agentligi assotsiatsiyasining qayd etishicha, soliq toʻlovi miqdorining kamaytirilishiga 2019 yilgi sayyohlik yoʻllanmalarining maʼlum qismi sotib boʻlingani, bunday sharoitda esa millionlab yevro qiymatidagi soliqlar toʻlovi sayyohlik kompaniyalari zimmasida qolishi inobatga olingani sabab.

Maʼlumot oʻrnida, 2018 yil yakuniga koʻra, Turkiyaga dunyoning turli mamlakatlaridan 40 million sayyoh tashrif buyurgan.