Turkiyada porlayotgan yulduzlarimiz (+video)
Terma jamoamiz yetakchilari sanalgan Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va Husniddin Aliqulov ayni paytda Turkiya chempionatida to‘p tepayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Ayniqsa, “Istanbul Bashakshehir” klubi sharafini himoya qilayotgan Fayzullayev va Shomurodov o‘zining yorqin o‘yinlari bilan muxlislarimizni xursand qilib kelyapti. Eldor Shomurodov ayni vaqtda Turkiya Superligasi to‘purari bo‘lib turgani, Abbosbek Fayzullayev esa so‘nggi bahslarda doimiy asosiy tarkibda maydonga tushib, ancha sermahsullik namoyish etayotgani yuqoridagi fikrimizning yaqqol tasdig‘i.
Albatta, terma jamoamiz va ichki chempionatimizni yoritish bilan birga xorijda, bo‘lib ham dunyoning eng kuchli chempionatlaridan birida to‘p tepayotgan legionerlarimizning o‘yinini e’tibordan chetda qoldirmaslik, ularning yutuqlarini doimiy e’tirof etish bizning vazifamiz, desak ham noto‘g‘ri bo‘lmaydi.
“You Tube” kanalimizga joylangan videoda siz aynan Turkiyada porlayotgan yulduzlarimizning natijalari, ushbu chempionatning naqadar yulduzlarga boyligi va bizning yigitlar kuchli raqobat muhitida ham o‘zlarini ko‘rsata olayotgani haqida bilib olishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/E68dK974TaU?si=Z4ax3bofZUHI9JQv" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA