Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirining so‘zlariga ko‘ra, bir necha marta yuz bergan zaharlanish hodisasidan so‘ng mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligi qoidasini kuchaytirilmoqda.
Istanbulning Fotih tumanida to‘rt kishi, nemis-turk oilasi vakillarining vafoti jamoatchilikni jiddiy xavotirga solib qo‘ydi. Dastlab zaharlanishga taom sabab bo‘lgani aytilgandi. Tekshiruv esa fojia mehmonxonada ishlatilgan insektitsiddan kelib chiqqanini aniqladi.
Bir oy davomida bir milliondan ortiq tekshiruv o‘tkazilib, 25 750 biznes sub’ektiga jami 51,8 million dollar jarima solindi.
Shunga qaramay odamlar ozuqadan zaharlanishi davom etyapti. "Haberturk" ma’lum qilishicha, bir necha kun oldin Anqaraning Sincan tumanida 120 ishchi ovqatdan keyin o‘zini yomon his qilgach, zudlik bilan kasalxonaga olib ketilgan. Kasallik qurilish maydonchasidagi kompaniya tomonidan yetkazib berilgan taom bilan bog‘liqligi taxmin qilinmoqda. Hodisa bo‘yicha tergov boshlangan.
S.Rahimov, O‘zA