Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda qatnashayotgan Rossiyaning Be-200 samolyoti halokatga uchradi, ekipaj a’zolari halok bo‘lgani aytilmoqda
23:41 / 2021-08-14

Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, bugun soat taxminan uchlarda Turkiyaning Adana aholi punktiga yaqin joyda yong‘in o‘choqlarini o‘chirib qaytayotgan Rossiyaning Be-200 samolyoti qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan. Xabarda ta’kidlanishicha, samolyot bortida besh nafar rossiyalik harbiylar va yong‘in o‘choqlarini ko‘rsatib turgan uch nafar turkiyalik mutaxassislar bo‘lgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin samolyot halokatida qurbon bo‘lgan rossiyalik harbiylarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi, deb xabar berdi Kremlning matbuot xizmati.

"Be-200 samolyoti ekipaji, rossiyalik harbiylar hamda turkiyalik mutaxassislar birgalikda muhim gumanitar missiyada ishtirok etishdi, ular insonlar hayotini saqlab qolish uchun kurashdi, Turkiya Respublikasida yuz bergan yirik ko‘lamdagi yong‘in o‘choqlarini o‘chirishda qatnashdi. Ular qiyin sharoitda harakat qilishdi va o‘zlarining insoniy va professioanal burchlarini oxirigacha ado etishdi. Bunday jasoratli kishilarning xotirasi Rossiyada ham, Turkiyada ham abadiy yod etiladi", - dedi Vladimir Putin.

Shuningdek, Rossiya prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha,  Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onga telegramma jo‘natib, halok bo‘lgan turkiyalik fuqarolar oila a’zolariga chuqur hamdardligini bildirgan.