English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari “Akkuyu” AES qurilayotgan maydonga yaqinlashdi
11:53 / 2023-07-17

O‘rmon yong‘inlari dushanbaga o‘tar kechasi Mersin viloyatida, “Akkuyu” AESi qurilayotgan maydondan 40 kilometr uzoqlikda paydo bo‘lgan, deyiladi Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaliklari vazirligi tarqatgan xabarda.

Mersin viloyatidagi Gulnar qishlog‘ida yuz bergan o‘rmon yong‘inlarini o‘t o‘chiruvchilar vertolyotlar yordamida o‘chirishga harakat qilmoqda”, – deyiladi xabarda. 

Xabarda ta’kidlanishicha, Gulnar qishlog‘i “Akkuyu” atom elektr stansiya qurilayotgan maydondan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan.  

AESning birinchi blok qurilish – montaj ishlari 2023 yilning oxirigacha bitishi kerak, degan edi avvalroq “Akkuyu Nuklear” direktorlar kengashi raisi o‘rinbosari Anton Dedusenko.  

Turkiyada qurilayotgan ushbu ob’ekt Rossiya ishtirokida amalga oshirilmoqda va Turkiyadagi ilk atom elektr stansiyasi bo‘ladi.  

Stansiya to‘liq ishga tushgandan keyin yiliga 35 milliard kilovatt-soat  ishlab chiqaradi va elektr energiyasiga bo‘lgan mamlakat ehtiyojining 10 foizini qoplaydi.