Turkiyada o‘rmon yong‘ini tufayli mingdan ortiq kishi ko‘chirilgan
Turkiya shimoli-g‘arbida o‘rmon yong‘ini 11 soatdan buyon davom etmoqda, mingdan ziyod kishi xavfsiz joyga o‘tkazildi, deb xabar tarqatdi “Milliyet” gazetasi.
– Chanoqqal’a viloyatida yuz bergan ushbu yirik ofatni nazorat qilish juda qiyin kechyapti, – dedi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumoqli. – Shu bois hukumat voqeaning salbiy rivojiga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Tabiiy ofatni bartaraf qilishga 8 samolyot, 26 vertolyot, 180 ga yaqin maxsus texnika vositasi jalb qilingan.
Aniqlik kiritilishicha, ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan 1104 kishi xavfsiz hududga ko‘chirilgan.