Turkiyada navbatdagi YTH. Qurbonlar 6 kishi
«RIA Novosti» yozishicha, Turkiyaning Mardin mintaqasida kichik avtobus ag‘darilib ketib, 6 nafar inson nobud bo‘lgan, 5 kishi tan jarohati olgan.
«Mardinda ertalab yo‘nalishdagi avtobus nazoratni yo‘qotib, ag‘darilgan. Ma’lum bo‘lishicha, mashinada hudud gubernatorligi hamda mahalliy universitet xodimlari bo‘lgan. Alachli tumanida yuz bergan mazkur baxtsiz hodisa tufayli olti nafar odam hayotdan ko‘z yumdi, yo‘lovchilar orasidan 5 kishi jabrlandi», - deyiladi xabarda.
Mintaqaga tibbiy xodimlar guruhi jo‘natilgan.