Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada muxolifat partiyasi tuzildi
13:15 / 2020-07-22

Turkiya parlamenti mustaqil deputati Oʻzturk Yilmaz Yangilanish muxolifat partiyasini tuzgani va uni boshqarayotganini maʼlum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.


Turkiya parlamenti mustaqil deputati Oʻzturk Yilmaz Yangilanish muxolifat partiyasini tuzgani va uni boshqarayotganini maʼlum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Mamlakatda asosiy muxolifatchi hisoblangan Xalq-Respublika partiyasi (XRP) raisining sobiq oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatgan Yilmaz 2018-yil noyabrda namoz oʻqish uchun azonni turk tilida aytishga daʼvat etgani uchun partiyadan chiqarilgan edi.

“Turkiya allaqachon yangilanishlarga muhtoj, buni yangi partiya amalga oshirishi lozim. Zero, siyosiyo va byurokratik tizim yemirilmoqda. 18 yil mobaynida yetakchilik qilayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasiga tegishli Turkiya hukumati demokratiyani yoʻqqa chiqardi, parlamentni kuchsizlantirdi, bir kishi boshqaruvidagi tizimni vujudga keltirdi va jamoatchilik roziligini sindirdi”, – degan Yilmaz.

Uning aytishicha, Turkiyada muxolifat Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanni faqat soʻzda tanqid qiladi.

“Muxolifat bugungi kunda magʻlubiyatga uchraganlar klubi boʻlib, amalda prezidentni qoʻllab-quvvatlash uchun ishlayapti. Muxolifatdagi partiyalar rahbarlari yengila turib, shu bilan birga oʻz partiyalari doirasida oʻrinlarini mustahkamlayapti. Ularda yetakchi partiyaga aylanish uchun hech qanday intilish yoʻq. Bunday holatda hukumat partiyasi ham muxolifat ham mamlakatga foydali hech narsa bera olmaydilar”, – qoʻshimcha qildi Yilmaz.

U yangi partiyaning asosiy maqsadlaridan biri erkinlik ekanini ham qayd etdi.

“Turkiya xalqi bugun erkinlikdan mahrum. Biz ushbu darajani iloji boricha koʻtarmoqchimiz. Ikkinchidan, energetika, farmatsevtika, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi, chorvachilikda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantiramiz. Uchinchidan adolat oʻrnatamiz. Turkiyada oliy darajadagi adolat tushunchasi muammoli. Afsuski, adolat boʻlmagan davlatda na erkinlik, na ishlab chiqarish, na boylik haqida gap boʻlishi mumkin emas”, – deya qayd etdi yangi partiya yetakchisi.

U yangi partiya faoliyatining yana bir muhim yoʻnalishi sifatida jamiyat roziligini sanab oʻtdi. “Bu borada Turkiyada jiddiy muammolar mavjud, jamiyat boʻlinish holatlari yuzaga kelgan. Buni bartaraf etish kerak. Tashqi siyosatda biz qoʻshni davlatlar bilan va jahon ayvonida qarama-qarshi frontga asoslangan siyosat olib borishni emas, aksincha doʻstona munosabatlar oʻrnatishni xohlaymiz”, – degan Oʻzturk Yilmaz.