Turkiyada mamlakatga kelayotgan fuqarolardan PSR-test javoblarini so‘rash bekor qilindi
Turkiya 1 iyundan mamlakatga keladiganlar uchun chegara punktlarida PSR-test topshirish tartibini bekor qildi, deyiladi mamlakat ichki ishlar vazirligi tarqatgan xabarda.
"Koronavirus bilan bog‘liq hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, 1 iyundan mamlakat hududidiga kirayotganlardan chegara punktlarida PSR-test bo‘yicha hisobot so‘ralmaydi", – deyiladi xabarda.