Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada kuchli zilzila: 16 ta bino qulab tushdi
11:05 / 2025-08-11

Turkiyaning Balikesir shahrida sodir bo‘lgan zilziladan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Hodisa oqibatida 16 ta bino vayron bo‘ldi, bir odam halok bo‘ldi, dedi mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Erliqoya.

— 6,1 magnitudali zilzila natijasida vayron bo‘lgan binolardan faqat to‘rttasida aholi yashaydi, — degan mulozim maxsus brifingda. — Yer silkinishi bir necha qo‘shni viloyat, jumladan Istanbulda ham sezildi. Qutqaruvchilar vayrona ostidan to‘rt kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Afsuski, qutqarilgan 81 yoshli fuqaro keyinroq vafot etdi.

Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) xabar qilishicha, zilzila o‘chog‘ida yana kamida 20 marta silkinish qayd etilgan. Eng jiddiy holat Balikesir, Izmir, Manisa va Istanbulda kuzatilgan.

S.Rahimov, O‘zA