French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada IV Jahon etnosport oʻyinlari boshlandi
18:03 / 2022-09-30

Shu kunlarda Turkiyaning Bursa viloyatida IV Jahon etnosport oʻyinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur sport anjumanida dunyoning 102 ta davlatidan 3 ming nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahslarga kirishgan.

IV Jahon etnosport oʻyinlarida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov boshiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi xam ishtirok etmoqda.

Kecha ushbu o‘yinlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ishtirok etib, ishtirokchilarni IV Jahon etnosport oʻyinlarining boshlanganligi bilan samimiy muborakbod etdi hamda sportchilarga bahslarda omad tiladi.

IV Jahon etnosport oʻyinlarida mamlakatimizning 80 nafarga yaqin sportchisi 10 dan ziyod sport turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, IV Jahon etnosport oʻyinlari 4 oktyabrga kadar davom etadi.

O‘zA