Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada «Istanbul» kanalining qurilishi qachon boshlanishi ma’lum qilindi
10:45 / 2021-05-31

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Bosfor bo‘g‘ozini aylanib o‘tuvchi «Istanbul» kanali qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosim iyun oyining so‘nggi kunlariga rejalashtirilgan, deb ma’lum qildi.

«Iyun oyining so‘nggi kunlarining birida «Istanbul» kanalining qurilishiga dastlabki toshni qo‘yamiz. Shubhasiz ushbu megaloyihadan xavotir olayotganlar ham bor. Lekin bu bizni to‘xtata olmaydi», - dedi Turkiya yetakchisi Istanbulda chiqish qilganida.

Uning ta’kidlashicha, «Istanbul» kanali loyihasining amalga oshirilishi Turkiya megapolisining strategik ahamiyatini oshiradi. «Kanal ustida oltita ko‘prik quriladi. Kanalning ikki sohilida ikkita shahar quriladi, ular Istanbul ko‘rinishini yana chiroyli qiladi», - qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘on.

Turkiya ushbu yangi kanalni Bosfor bo‘g‘oziga parallel ravishda bunyod etmoqda u Marmara dengizi bilan Qora dengizni bog‘laydi.

Turkiya Prezidenti ushbu kanal haqida ilk bor 2011 yilda aytgan edi. O‘shanda u mamlakat bosh vaziri edi. Agar ushbu loyiha amalga oshirilsa, u Turkiya tarixidagi eng yirik infratuzilmaviy tashabbusga aylanadi, deyiladi mazkur xabarda.