Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada “Islom davlati” guruhi sobiq yetakchisining o‘ng qo‘li hibsga olindi
12:42 / 2021-05-03

Turkiya politsiyasi “Islom davlati” jangari guruhining rahbari, bundan ikki yil avval o‘ldirilgan Abu Bakr al Bag‘dodiy atrofidagi muhim shaxslardan birini hibsga olganini ma’lum qildi, deyiladi Yeni Safak gazetasining yakshanba kungi sonida.

Bundan avval Turkiya bosh prokuraturasi al-Bag‘dodiyning 25 nafar qarindoshi hibsga olingani haqda xabar bergan edi.

Terrorchini qo‘lga olish amaliyoti Turkiya politsiyasi bilan mamlakat Milliy razvedka tashkiloti hamkorligida Istanbul shahrining Otashahar tumanida amalga oshirilgan.  Terrorchi uzoq olib borilgan kuzatuvlardan keyin uyidan chiqayotganda qo‘lga olingan.  

Terrorchi Turkiya hududiga bundan uch yil burun qalbaki hujjat bilan kirib kelgani aytilmoqda. Interpol ro‘yxatida turgan terrorchi “Islom davlati” jangari guruhining harbiy infratuzilmasiga mas’ul bo‘lgan va 2014 yillardan buyon Suriyadagi bir qancha teraktlarga aloqador hisoblanadi.