Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish toʻgʻrisida qonun loyihasi ishlab chiqildi
08:06 / 2020-07-22

Turkiya hukumatining koʻrsatmalarini rad etgan ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan maʼmuriy choralar, hatto sud daʼvolari qoʻllaniladi.


Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) parlamentga ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi, dedi ATPning parlamentdagi guruhi rahbari Oʻzlem Zengin.

“Biz taklifimizni parlamentga berdik. Maqsadimiz ijtimoiy tarmoqlarni yopish emas. Ularni huquqiy va maʼmuriy yoʻlga solishni istaymiz, chunki ijtimoiy tarmoqlarda muammo paydo boʻlsa qayergadir murojaat qilish imkoni hamda muhokama qilish va taʼsir koʻrsatish uchun tegishli mexanizmlar boʻlishi lozim”, - dedi Zengin Anqarada jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Uning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish boʻyicha qonunchilik barcha mamlakatda mavjud. “Internetda istagan narsani yozish mumkin, biroq baʼzan u jinoyatchilik boʻlishi mumkin, bunday sharoitda taʼsir qilish mexanizmlari boʻlishi kerak. Biz bu masalada boshqa partiyalar bilan hamkorlik qilamiz”, - dedi deputat.

Uning aytishicha, ATP toʻqqiz banddan iborat mazkur qonun loyihasi parlament tomonidan kelasi haftada qabul qilinishiga umid qilmoqda. Qonun loyihasiga koʻra, xususan, yirik ijtimoiy tarmoqlarning Turkiyada vakolatxonasi boʻlishi majburiy boʻladi. Turkiya hukumatining koʻrsatmalarini rad etgan ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan maʼmuriy choralar, hatto sud daʼvolari qoʻllaniladi.