Turkiyada dezinformatsiya uchun jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlament) ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda dezinformatsiya sifatida tan olinadigan xabarlar uchun uch yilgacha qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Qonun loyihasi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an boshchiligidagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi tashabbusi bilan parlamentga kiritilgan.
Qonun loyihasida nazarda tutilgan amaldagi Jinoiy kodeksning 29-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish jamoatchilikning eng katta tanqidiga sabab bo‘ldi. Unga ko‘ra, “jamiyat tomonidan chalg‘ituvchi, deb topilgan ma’lumotlar jinoiy javobgarlikka tortiladigan qilish sifatida kvalifikatsiya qilinadi”.
Muxolifat qonun loyihasi umume’tirof etilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni buzayotgani, senzuraning ko‘rinishi ekanligini bir necha bor ta’kidlab, uni parlamentda ko‘rib chiqishdan olib tashlashni talab qilgandi.
O‘zA