Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada Buyuk g‘alabaning 102 yilligi nishonlanmoqda
16:50 / 2024-08-30

Turkiya tarixining shonli o‘tmishidan xabar beruvchi, Mustafo Kamol Otaturk qo‘mondonligida 1922 yil 26 avgustda boshlanib, 30 avgust kuni yakunlangan, mamlakatda tinchlik o‘rnatish yo‘lida erishilgan g‘alabaning 102 yilligi ayni payt butun mamlakat bo‘ylab nishonlanmoqda.

Bugun poytaxt Anqarada G‘alaba tadbiri va Turk Qurolli Kuchlari bayrami doirasidagi ilk marosim Anitkabir maydonida bo‘lib o‘tdi. Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an boshchiligida davlat rasmiylari ushbu tarixiy manzilgohni ziyorat qildi.

Dastlab mamlakat yetakchisi Otaturk maqbarasiga gulchambar qo‘ydi. O‘tganlar xotirasi yodga olinib, davlat madhiyasi tinglandi.

– Buyuk Otaturk azaliy vatanimiz Anadoludagi o‘rnimizni mustahkamlagan, millat sifatida mustaqilligimizni ta’minlagan zot, – dedi Erdog‘an. – Biz mashaqqatli kurash yo‘lida Turkiya Respublikasini zamonaviy sivilizatsiya nuqtai nazaridan yuksaklikka ko‘tarish maqsadimiz sari qadamma-qadam olg‘a bormoqdamiz. Orzuimiz to‘liq ro‘yobga chiqquncha kurashni qat’iyat bilan davom ettiramiz.

Bayram tadbirlari respublikaning Izmir, Bursa, Trabzon, Eskishehir, Balikesir, Istanbul, Chanoq qal’a va Bilejik kabi yirik shaharlarida ham davom etyapti.

O‘tkir Alimov, O‘zA