Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada bola qurol ushlab rasmga tushayotganda tasodifan onasini otib qo‘ydi
11:13 / 2023-01-09

Turkiyaning janubi-sharqida to‘qqiz yashar bola qurol ushlab rasmga tushayotganda onasini otib qo‘ydi, deb yozmoqda Sabah gazetasi. Fojia Shonliurfa viloyatining Siverek shahrida ro‘y bergani aytilmoqda.

"To‘qqiz yashar bola uyida onasi bilan birga paytda qo‘liga qurol ushlab rasmga tushmoqchi bo‘lgan. Uning barmog‘i qurol tepkisini bosib yuborgan va o‘q tasodifan qarshisida turgan onasining boshiga tekkan", – deyiladi gazeta bergan xabarda.

Tezkor xizmat voqea joyiga yetib kelganda ayolning ahvoli juda yomon bo‘lgan, uni qutqarib qololmagan. Hozir bola politsiya idorasida ruhshunos ishtirokida so‘roq bermoqda. Hodisa bo‘yicha tekshiruv boshlangan, deyiladi xabarda.