Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada aholisi bir kishidan iborat qishloqlar bor ekan
17:09 / 2024-02-08

Turkiyada bir kishi istiqomat qilayotgan uchta qishloq aniqlandi, deb yozdi “Türkiye” gazetasi statistika instituti ma’lumotiga tayanib.

Ma’lum bo‘lishicha, Turkiya Respublikasining yuz yilligi nishonlangan 2023 yil mamlakat aholisi avvalgi yilga nisbatan 92 824 kishiga ko‘paygan va 85 372 377 nafarni tashkil etgan.

– Uch qishloq aholisi eng kam manzil sifatida ro‘yxatga olindi, – deyilgan hisobotda. – Aniqlanishicha, ushbu qishloqlarning har birida bir nafardan fuqaro yashaydi.

Darvoqe, mamlakatda aholisi 2, 3 yoki 4 kishidan iborat qishloqlar ham uchrarkan.