Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada 46 mingdan ziyod uy qurila boshlandi
10:41 / 2023-03-24

“Anadolu” xabariga ko‘ra, Turkiya atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vaziri Murod Qurum ijtimoiy tarmoq orqali Turkiyaning zilziladan zarar ko‘rgan 11 viloyatida jami 46 ming 300 ta turar joy qurilishi boshlanganini ma’lum qildi.

Mulozim tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan janubiy va janubi-sharqiy hududlar aholisi bir yil ichida to‘liq uy-joy bilan ta’minlanishiga ishonch bildirdi.

23 mart kuni mamlakat yetakchisi ilk uy poydevorini qo‘yish marosimida ishtirok etgan.

– So‘z beramiz – aholi bahorni yana tinch va osoyishta kutib oladi, – deb yozgan Kurum. – Xonadonlar baxtga to‘ladi. Prezident Rejep Tayyib Erdog‘an ishtirokida 17 ming 902 turar-joy majmuasi qurilishini nazarda tutuvchi keng ko‘lamli bunyodkorlikning birinchi bosqichi doirasida poydevor qo‘yiladi. Tabiiy ofat markazi – Qahramonmarash viloyatida 7 353 ta yangi uy tiklanadi.

O‘zA